Endi har bir mahallada qo‘riqlash inspektori bo‘ladi

1 daqiqa o'qish314
Endi har bir mahallada qo‘riqlash inspektori bo‘ladi

Mamlakatda jamoat xavfsizligini mustahkamlash va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida yangi tashkiliy o‘zgarishlar kiritilmoqda. Xususan, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlardagi mahallalarda qo‘riqlash xizmati inspektori lavozimi joriy qilinadi.

Ushbu lavozim Mahalla huquq-tartibot maskanlari tuzilmasiga kiritilib, joylardagi xavfsizlikni samarali ta’minlash, tezkor munosabat bildirish va jinoyatchilikni erta aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari, Qo‘riqlash departamentiga qo‘riqlanadigan obyektlarga o‘rnatilgan texnik vositalar va tizimlarga xizmat ko‘rsatish huquqi beriladi. Bu tizimlar orqali xavfsizlikni texnik jihatdan nazorat qilish samaradorligi oshiriladi.

Yana bir muhim yangilik – "Xavfsiz ta’lim" konsepsiyasi joriy etilmoqda. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Davlat, nodavlat va xorijiy ta’lim muassasalarining xavfsizligini jismoniy va texnik qo‘riqlash asosida ta’minlash;

  • Qo‘riqlash signalizatsiyasi, tashvish tugmasi, videokuzatuv moslamalari kabi xavfsizlik tizimlarini o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish.

Shuningdek, kriminogen vaziyat og‘ir bo‘lgan joylar, turistik obyektlar va ommaviy dam olish hududlarida qo‘riqlash-patrul xizmati naryadlari tashkil etiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?