11:55 / 26.04.2015
9 086

Samsung Toshkentdagi taqdimotida kelajak qaysi erda ekanligini ko‘rsatdi

Samsung Toshkentdagi taqdimotida kelajak qaysi erda ekanligini ko‘rsatdi

Samsung kompaniyasi 25 aprel, shanba kuni Toshkentda Galaxy S6 Edge smartfonining rasmiy taqdimot marosimini o‘tkazdi, deb yozadi Kun.uz.

Taqdimot mehmonlarining ma’lum qilishicha, tadbir uchun chiqarilgan katta axborot bannerlaridagi o‘zbek tilidagi jumla xato bilan yozilgan.

Xususan, lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvida “Kelajak shu yerda” deb yozilishi kerak bo‘lgan jumla “Kelajak shu erda” (kirill yozuvida – “Kelajak shu erda”) ko‘rinishida yozilgan.

Avvalroq, Ucell mobil aloqa operatori o‘zining tashviqot materiallarida abonentlaridan “hali ham o‘lmadingizmi” deb so‘ragani, keyinroq esa ushbu xato uchun uzr so‘rab, abonentlari orasida o‘zbek tilini biluvchilar ham borligidan xursandligini bildirgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samsung Toshkentdagi taqdimotida kelajak qaysi erda ekanligini ko‘rsatdi