9 213
Nosni olib kirish, qayta ishlash, tayyorlash va saqlash butunlay ta’qiqlangani ma’lum qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona Ittifoqining Bojxona kodeksiga ham ushbu tashkilotga a’zo davlatlarning milliy qonunchiligiga muvofiq Belarus, Rossiya va Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlarida keng tarqalgan tamakining sochma turi – nosni olib kirish, qayta ishlash, tayyorlash va saqlash butunlay ta’qiqlanganini yana bir karra eslatib o‘tadi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda. Mazkur tartiblarga rioya qilmagan jismoniy shaxslar o‘zlari bo‘lib turgan davlatning qonunchiligiga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortilishadi va ish sudga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda birgina “Toshkent-Minsk” reysi bo‘yicha Belarusga borgan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan mazkur yo‘nalishda 43 ta bojxona qoidabuzarliklari sodir etilgan va natijada 100 kg.dan ortiq nosning ushbu davlatga olib kirilishining oldi olingan.
Shunday ekan, yurtdoshlarimizdan o‘zlari yo‘l olgan davlatning bojxona qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz. Bu bilan Siz nafaqat o‘zingizning balki, yurtimiz sha’nini ham himoya qilgan bo‘lasiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi