
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va uning turmush o‘rtog‘i Amina Erdo‘g‘an surati keng tarqalgan suriyalik qizning oilasini qabul qilishdi. Suratda qiz Bashar Asad rejimi bombardimoni natijasida oyoqlari va ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan otasini quchib tushgan. Anadolu nashri shu haqida xabar berdi, deb ma’lum qilmoqda "Kun.uz".
Anqaradagi Prezident qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ko‘zyoshining opasi - Sidra hamda otasi Mahmud Xalif Nosir ishtirok etishdi.

Foto: Anadolu
Suhbat davomida prezident oilasi bolalarga sovg‘alar ulashdi.

Foto: Anadolu
27 yoshli Mahmud Xalif Nosir bombardimondan keyin oyoqlari, o‘ng qo‘lidagi barmoqlari va ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘ldi.
Ko‘zyoshining "Mening ko‘zlarimni otamga bering. U meni ko‘rib quvonsin!" degan so‘zlari Turkiya jamiyatida katta muhokamaga sabab bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar