
Tojikiston Fan va ta’lim vazirligi mamlakatdagi barcha o‘qituvchilar, o‘quvchi-talabalarni milliy liboslarga kiyintirishga ahd qildi, deb xabar qildi Sputnik nashri.
Tegishli farmoyish mamlakatdagi barcha ta’lim maskanlariga yo‘naltirildi, deyiladi xabarda.
Hujjatga ko‘ra, 2017 yilning 1 martidan boshlab barcha ayol o‘qituvchilar, talaba va o‘quvchi qizlar darslarga atlas va adras milliy matolardan tikilgan liboslarda kelishlari aytib o‘tilgan.
Ushbu farmoyish tojik xalqining eg yaxshi an’analarini qayta tiklash va Navro‘zni munosib kutib olish maqsadida e’lon qilingani qo‘shimcha qilingan. Bu yilgi Navro‘z ayyomida Tojikistonga Afg‘oniston va Eron prezidentlari tashrif buyurishlari xabar qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar