14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston Prezidenti saylovidagi yuksak g‘alabasi bilan samimiy tabriklab, davlat rahbari lavozimidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Muloqotda saylov natijalari Turkmanistonda xalq farovonligini yuksaltirish, mamlakatni izchil rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chuqur o‘ylangan ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy islohotlarga turkman xalqi yuksak ishonch bildirayotgani va ularni to‘liq qo‘llab-quvvatlayotganining yana bir yorqin ifodasi bo‘lgani qayd etildi.
Davlat rahbarlari o‘zaro munosabatlarning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama etib, mintaqaviy va xalqaro siyosatning muhim jihatlari yuzasidan fikr almashdilar. Turkmaniston faol tashqi siyosat yuritayotgani va Gurbanguli Berdimuhamedovning tashabbuslari xalqaro maydonda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi.
Prezidentlar davlatlararo munosabatlar turli darajalarda sezilarli miqyosda faollashgani, o‘zaro manfaatli hamkorlik kengayib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Tomonlar O‘zbekiston va Turkmaniston hukumat delegasiyalarining amaliy tashriflari yakunlarini, shuningdek, ikki mamlakat hududlari darajasidagi hamkorlikni ijobiy baholadilar.
Davlat rahbarlari ikki qardosh mamlakat o‘rtasida amaliy va ochiq muloqotni jadal rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlab, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar samaradorligini yanada oshirish uchun mavjud ulkan salohiyatni to‘la ishga solishga tayyor ekanini bildirdilar.
Muloqot yakunida Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga mustahkam sog‘lik va mas’uliyatli davlat rahbari lavozimida ulkan yutuqlar, Turkmaniston xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.
Suhbat ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muloqotga xos bo‘lgan samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Gurbanguli Berdimuhamedov 13 fevral kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida umumiy saylovchilarning 97,69 foiz ovozi bilan yangi muddatga Turkmaniston prezidenti etib saylandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari