
Toshkent shahrida qizga hujum qilgan erkak qo'lga olindi, deya xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda noma'lum fuqaro yerosti yo'lagidan ketayotgan qizning telefonini kuch ishlatib tortib olgani haqida ma'lumot tarqaldi. Holat 2025 yil 21 dekabr kuni Toshkentning Mirobod tumanida, Amir Temur ko'chasidagi yerosti yo'lagida sodir bo'lgani aniqlangan. 2004 yilda tug'ilgan qizga yugurib kelgan shaxs 500 AQSH dollari qiymatidagi mobil telefonni tortib olib, voqea joyidan qochib ketgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatni 1999 yilda tug'ilgan Madumarov Otabek Ohunjon o'g'li sodir etgani ma'lum bo'ldi. U avval ham O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “O'g'irlik” moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining “Bosqinchilik” moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo'llangan.
Agar siz ushbu fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabrlangan bo'lsangiz, 102 qisqa raqamiga yoki 71 206-42-54 telefon raqamiga murojaat qilishingiz so'raladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.