Qashqadaryoda aka ukasining xotinini o‘ldirdi

Tergov hujjatlariga ko‘ra, 1987 yilda tug‘ilgan N.O. ukasi Qarshi shahri mol bozoriga ketgan paytda, uyda yolg‘iz qolgan kelini Dilnoza Shaymardonovani pichoqlab, unga qattiq zarar yetkazgan.
Gumonlanuvchi o‘z ko‘rsatuvida shunday deydi: “Ukam bozorga ketishini kutib turdim, ketgach oshxonaga kirdim, pichoqni olib hovliga chiqdim. Hovlida kelinimiz hammom oldida idish-tovoqlarni olayotganini ko‘rib, ortidan bordim va ikki qo‘lim bilan bo‘ynidan bo‘g‘ib, yerga yiqitdim. Keyin ortidan pichoq urdim va chap yelka hamda bo‘yin sohasiga sanchdim. Pichoq kelinimizning bo‘yniga qadalib qoldi.”
Marhuma shu xonadonga 2025 yil 31 avgust kuni kelin bo‘lib tushgan edi. Uning yaqinlari bu qotillikda boshqa shaxslar ham ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligini aytib, tergovdan norozilik bildirmoqda.
Holat yuzasidan gumonlanuvchiga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) asosida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va hibsga olingan.
Avvalroq ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropov ma’lum qilishicha, 2025 yilda O‘zbekistonda qotilliklar soni kamaygan, lekin nomusga tegish jinoyatlari ko‘paygan. 2024 yilda 339 ta qotillik qayd etilgan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 288 taga tushgan. Ammo nomusga tegish jinoyatlari 359 tadan 381 taga ko‘paygan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing