Temiryo‘l muzeyi oldida Spark va Kia to‘qnashdi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida ikki yengil avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Hodisa oqibatida bir nafar yo‘lovchiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 2026 yil 20 yanvar kuni soat 15:00 atrofida Mirobod tumanidagi KHAY ko‘chasida, Temiryo‘l muzeyi qarshisida sodir bo‘lgan. 1996 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi “Spark” hamda 1993 yilda tug‘ilgan I.D. boshqaruvidagi Kia avtomashinasi o‘zaro to‘qnashgan.
YTH natijasida “Spark” avtomashinasida yo‘lovchi bo‘lib kelayotgan, 1987 yilda tug‘ilgan O‘.D.ga joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgani aytilmoqda.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, hodisaning aniq sabablari ma’lum qilinishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!