Qarzdor tashkilotning 9 ta avtobusi auksion savdosiga chiqarildi

Qarzdor tashkilotning 9 ta avtobusi auksion savdosiga chiqarildi

Qarzdor tashkilotning 9 ta avtobusi auksion savdosiga chiqarildi
Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi tomonidan ish yurituvdagi ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorlarning mulklari xatlanib, auksion savdolariga chiqarilmoqda.

Jumladan, ijro harakatlari davomida korxonaning kredit qarzdorligini undirish maqsadida manzilga borildi.

Mazkur jamiyatning “Ipotekabank” ATB oldidagi 7 mlrd. so‘m kredit qarzdorligi mavjud.

Dastlab, bir oz muddat oldin davlat ijrochilari tomonidan qarzdorlik evaziga jamiyatning 7 ta avtobusi xatlangan va auksion savdosiga chiqarilgan. Ulardan 2 tasi sotilib, qarzdorlikka yo‘naltirilgan edi.

Bu safargi ijro harakatlari davomida yana 8 ta avtobus xatlanib, ulardan 4 tasi shu kunning o‘zida auksion savdosiga chiqarildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar