date

Toshkentda qayerda qurol sotilishini so‘ragan yigit ruhiy shifoxonaga joylashtirildi

Toshkentda qayerda qurol sotilishini so‘ragan yigit ruhiy shifoxonaga joylashtirildi

Toshkentda ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalgan video ortidan yana bir keskin voqea muhokama markaziga chiqdi. Kadrlarda noma’lum yigit fuqarolarga telefon orqali qurol suratini ko‘rsatib, “bunu qayerdan sotib olsa bo‘ladi?” deya so‘rayotgani aks etgan.

Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, holat 14 fevral kuni Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2006 yilda tug‘ilgan, ruhiy holati og‘ir deb baholangan S.M. atrofdagilardan qurolni qayerdan xarid qilish mumkinligini so‘ragan va keyin voqea joyidan ketib qolgan.

Shundan so‘ng Mirobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, yigit shaxsi aniqlangan. Rasmiylarga ko‘ra, u ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan. Yakuniy qaror qonunchilik asosida qabul qilinishi bildirilgan.

Shu bilan birga, tarmoqlarda u maktabda otishma uyushtirish va “100 kishini o‘ldirish” kabi tahdidlar aytgani haqida ham yozildi. Ayrim guvohlar uning 60-maktab tomon yo‘l olganini bildirgani qayd etildi.

Mazkur holat yana bir haqiqatni eslatadi: “shunchaki savol” bo‘lib tuyulgan gap ham jamoat xavfsizligiga tegishli bo‘lsa, albatta tekshiriladi — va bu yerda hazilning joyi yo‘q.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qayerda qurol sotilishini so‘ragan yigit ruhiy shifoxonaga joylashtirildi