Sergelida dahshatli YTH: mashina ikkiga bo‘lindi

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi 12-bekat atrofida jiddiy yo‘l-transport hodisasi yuz bergani aytilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sodir bo‘lgan kuchli to‘qnashuv oqibatida yengil avtomobil og‘ir shikastlangan.
Guvohlar ta’kidlashicha, zarba shu qadar qattiq bo‘lganki, mashina qariyb ikki qismga ajralib ketgan. Hodisa joyida yig‘ilganlar bu holatni “juda dahshatli manzara” deya tasvirlamoqda.
Ayni paytda voqea tafsilotlari, shuningdek, jabrlanganlar bor-yo‘qligi bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar kutilmoqda. Mas’ul idoralar tomonidan holat sabablari o‘rganilayotgani aytilmoqda.
Haydovchilarga esa yo‘lda harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lish, tezlikni me’yordan oshirmaslik va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish tavsiya etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing