Toshkentda qurol so‘ragan yigit ruhiy shifoxonaga joylandi

Toshkentda 2006 yilda tug'ilgan S.M. nomli yigit ijtimoiy tarmoqlarda qurol so'rab video tarqatganidan so'ng, ruhiy shifoxonaga joylashtirildi. U 14 fevral kuni atrofdagilardan qurolni qaerdan sotib olish mumkinligini so'ragan. Holat bo'yicha tekshiruv o'tkazilib, yigitning ruhiy holati nosog'lomligi aniqlangan. Shuningdek, u maktabda otishma uyushtirish bilan tahdid qilgani haqida xabarlar tarqalgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs fuqarolarga qurol rasmini namoyish etib, uni qayerdan xarid qilish mumkinligini so‘ragani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 14 fevral kuni Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasida 2006 yilda tug‘ilgan, ruhiy holati nosog‘lom S.M. o‘z uyali telefonida qurol suratini ko‘rsatib, atrofdagilardan uni qayerdan sotib olish mumkinligini so‘ragan. Shundan keyin u voqea joyidan chiqib ketgan.
Holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilgan. Tekshiruv jarayonida ushbu fuqaro aniqlanib, ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan. Yakuniy qaror qonunchilik talablari asosida qabul qilinishi bildirilgan.
Tarmoqlarda mazkur shaxs maktabda otishma uyushtirish va “100 kishini o‘ldirish” bilan tahdid qilgani haqida ham yozildi. Ayrim guvohlar uning 60-maktab tomon yo‘l olganini ma’lum qilgan.






























Izohlar 0
…