date

Mubashshir Ahmad Toshkentda ixtisoslashgan shifoxonaga vaqtincha ko‘chirildi — rasmiy

Mubashshir Ahmad Toshkentda ixtisoslashgan shifoxonaga vaqtincha ko‘chirildi — rasmiy

2025 yil oktyabrida 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) 20 fevral kuni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik uchun Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 5-sonli koloniyadan Toshkentga olib kelindi.

Bu haqda uning advokati — Abdulloh Sodiq Gazeta.uz nashriga ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Mubashshir Ahmad Yashnobod tumanida joylashgan «Sangorod» 23-sonli ixtisoslashgan kasalxonaga vaqtincha ko‘chirilgan. Hozircha himoyachisi va yaqinlari u bilan ko‘risha olmagan.

Advokatga ko‘ra, mahkumda «chap oyoq artrozi» va «qandli diabet» mavjud bo‘lib, so‘nggi paytda oyoqlarida yana shish kuzatilgan. Shu bois shifokorlar uni to‘liq va chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilgan. Tekshiruv kamida ikki hafta davom etishi, kelasi haftadan esa barcha tahlillar olinishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Mubashshir Ahmad Toshkentda ixtisoslashgan shifoxonaga vaqtincha ko‘chirildi — rasmiy