date

Denovda 57 ta gugurt qutisiga yashirilgan "marixuana" fosh etildi

Denovda 57 ta gugurt qutisiga yashirilgan "marixuana" fosh etildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdorda “marixuana” saqlab kelingan holat aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir chog‘ida Denov tumanida istiqomat qiluvchi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro T.A.ning xonadoni ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv jarayonida uning uyi hovlisidagi garaj qismida joylashgan 37 ta gugurt qutisidan jami 347 gramm “marixuana” aniqlangan.

Shuningdek, fuqaroga tegishli bo‘lgan, davlat raqam belgilari bo‘lmagan ZIL rusumli avtomashina salonidan ham yana 20 ta gugurt qutisiga yashirib qo‘yilgan, sotish maqsadida saqlangan 187 gramm “marixuana” daliliy ashyo sifatida rasmiy tartibda olingan.

Natijada, ushbu holat bo‘yicha jami 57 ta gugurt qutisida saqlangan 536 gramm giyohvandlik moddasi musodara qilindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qonuniy tartibda surishtiruv va qo‘shimcha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mas’ul idoralar tomonidan gumonlanuvchining giyohvandlik moddalarini qay tarzda qo‘lga kiritgani hamda ularni tarqatish bilan bog‘liq ehtimoliy aloqalari o‘rganilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Denovda 57 ta gugurt qutisiga yashirilgan "marixuana" fosh etildi