date

Angrenda 8 yoshli bolaning o'limiga sababchi it tutildi

Angrenda 8 yoshli bolaning o'limiga sababchi it tutildi

Toshkent viloyatining Angren shahrida 8 yoshli bolaning o'limiga sabab bo'lgan daydi it ushlandi. Fojiali hodisadan so'ng viloyat hokimligi hududda qarovsiz qolgan hayvonlarni nazorat qilish va ularni tutish ishlarini keskin kuchaytirdi. Angren shahar obodonlashtirish bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida bolaga hujum qilgan it topilib, tegishli tartibda maxsus saqlash joyiga joylashtirildi.

Ushbu mudhish voqea yuzasidan mas'ul idoralar, jumladan, veterinariya bo'limi hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati vakillari ishtirokida shoshilinch yig'ilish o'tkazildi. Unda hududlarda xavfsizlikni ta'minlash va daydi hayvonlar sonini kamaytirish bo'yicha aniq topshiriqlar berildi. Mutasaddilar aholi xavfsizligini ta'minlash ustuvor vazifa ekanligini ta'kidlashdi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning yanvar oyi o'rtalarida Yangiyo'l shahrida ham shunga o'xshash holat kuzatilgandi. O'shanda maktabga ketayotgan 11 yoshli bolaga itlar galasi hujum qilib, unga og'ir tan jarohatlari yetkazgan edi. So'nggi vaqtlarda sodir bo'layotgan bunday ko'ngilsiz voqealar hududlarda daydi hayvonlar bilan bog'liq vaziyatni nazoratga olish zaruratini yanada oshirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Angrenda 8 yoshli bolaning o'limiga sababchi it tutildi