
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Uchterak qishlog‘i hududidan o‘tuvchi 4R6 "Toshkent-Chirchiq-Chimyon" avtomobil yo‘lining 69-kilometrida, "G‘azalkent-Chimyon" yo‘nalishida 2 metr kenglikdagi, uzunligi 15-20 metr bo‘lgan yo‘lning qatnov qismida ko‘chki yuzaga keldi. Bu haqda Qalampir.uz xabar berdi.
27 mart kuni soat 9:00 larda ushbu ko‘chki sodir bo‘lgan joyning maydoni 4-4,5 metr kenglikka va 35-40 metr uzunlikka kattalashgan. Sodir bo‘lgan ko‘chki natijasida mahalliy aholiga va turar joy binolariga zarar etmagan, deyiladi vazirlik axborotida.
Xabar berishlaricha, tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilguniga qadar 4R6 "Toshkent-Chirchiq-Chimyon" avtomobil yo‘lining 58-kilometridan 71-kilometrigacha avtomobillarning harakatlanishi to‘xtatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar