date

Sariosiyoda hayratli hodisa: Gentra to‘satdan daryoga g‘arq bo‘ldi

Sariosiyoda hayratli hodisa: Gentra to‘satdan daryoga g‘arq bo‘ldi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida kutilmagan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 17 aprel kuni kechqurun soat 18:40 atrofida “Ehtirom” mahallasida Gentra rusumli avtomashina haydovchisi transport vositasini qo‘l tormoziga qo‘ymasdan do‘konga kirib ketgan. Natijada nazoratsiz qolgan mashina o‘z-o‘zidan siljib, mahalla hududidan oqib o‘tuvchi "To‘palang" daryosiga tushib ketgan.

Haydovchi zudlik bilan “112” yagona qutqaruv xizmati orqali tegishli idoralarga murojaat qilgan. Qutqaruvchilar qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib kelib, maxsus texnikalar yordamida avtomashinani suvdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Qayd etilishicha, hodisa vaqtida transport ichida hech kim bo‘lmagan va jabrlanganlar yo‘q. Mutaxassislar bunday holatlarning oldini olish uchun haydovchilarga transport vositasini to‘g‘ri holatda qoldirish, ayniqsa qo‘l tormozidan foydalanish zarurligini yana bir bor eslatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Sariosiyoda hayratli hodisa: Gentra to‘satdan daryoga g‘arq bo‘ldi