MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev Toshkentga keldi

MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev Toshkentga keldi
Bugun, 6 aprel kuni Toshkent shahrida 7 aprel kuni ochiladigan MDH ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida qatnashayotgan davlatlar vakolatli vakillarining Kelishuv majlisi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda TIV axborot xizmatiga tayanib "Qalampir.uz" xabar berdi. MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev boshchiligida bo‘lib o‘tgan majlisda TIVK yig‘ilishi kun tartibi loyihasi hamda vazirlar uchrashuvi tadbirlarida delegatsiyalar ishtirokining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar