Navoiyda fojia: Zarafshon daryosida 3 nafar o‘smir cho‘kib ketdi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yuz bergan ayanchli hodisa oqibatida Zarafshon daryosida cho‘milishga borgan uch nafar o‘smir halok bo‘ldi. Vafot etganlarning ikki nafari aka-uka ekani ma’lum qilindi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Katta Masjid mahallasida yashovchi to‘rt nafar yigit 8 iyul kuni tush vaqtida Zarafshon daryosiga cho‘milish uchun borgan. Cho‘milish jarayonida ulardan uch nafari suv oqimiga tushib, cho‘kib ketgan.
Hodisa yuzasidan zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan. Buxoro va Navoiy viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari qutqaruvchilari maxsus texnika hamda motorli rezina qayiq yordamida bir necha kun davomida qidiruv ishlarini olib bordi.
Qidiruv ishlari natijasida 10 iyul kuni hodisa sodir bo‘lgan joydan turli masofalarda uch nafar voyaga yetmagan o‘smirning jasadi topildi.
Ma’lum bo‘lishicha, halok bo‘lganlar 2008 yilda tug‘ilgan J.S., 2010 yilda tug‘ilgan O.T. va 2012 yilda tug‘ilgan J.S. bo‘lib, ulardan ikki nafari aka-uka bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






























Izohlar 0
…