YPXni ayblagan haydovchi keyinchalik xatosini tan olib uzr so‘radi

YPXni ayblagan haydovchi keyinchalik xatosini tan olib uzr so‘radi

Andijon viloyatida davlat raqam belgisini qasddan yashirib harakatlangan haydovchiga nisbatan qonunchilikka muvofiq ma’muriy choralar ko‘rildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, eshiklarni ochish xizmati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro o‘zi boshqarayotgan Matiz avtomobilining old va orqa davlat raqam belgilarini qora sellofan bilan yopgan holda harakatlangan. YPX inspektori tomonidan to‘xtatilgan haydovchiga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Aniqlanishicha, mazkur haydovchi bundan 10 kun avval ham xuddi shu qoidabuzarlikni sodir etgan. O‘shanda u davlat raqam belgisini skotch bilan yopib harakatlangani uchun to‘xtatilgan va profilaktik suhbatdan so‘ng ogohlantirish bilan qo‘yib yuborilgan. Ammo haydovchi bundan tegishli xulosa chiqarmagan.

Shundan so‘ng fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimlarini tanqid qilgan videoni e’lon qilgan. Biroq keyinchalik o‘z harakatlari noto‘g‘ri bo‘lganini tan olib, qonun doirasida ko‘rilgan choralarga nisbatan e’tirozi yo‘qligini ma’lum qildi. Shuningdek, u obunachilaridan ham uzr so‘radi.

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shu bilan birga, transport vositasi vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar