date

Qarshi tumanida tilanchi ayol 15 million so‘mlik uzuklarni qo‘lga kiritdi

Qarshi tumanida tilanchi ayol 15 million so‘mlik uzuklarni qo‘lga kiritdi

Ma’lum bo‘lishicha, muqaddam sudlangan, Shahrisabz tumanida yashovchi 33 yoshli ayol Qarshi tumanidagi xonadonlardan biriga bakalashka so‘ragan shaxs sifatida kiradi. U xonadon bekasiga o‘zini “eskicha”dan xabari bor, ya’ni turli duolarni daf qiluvchi sifatida tanishtiradi.

Shundan so‘ng ayol xonadon egasini aldab, uning farzandiga zarar yetkazuvchi duo qilinganini, agar bu “duo” tezda bartaraf etilmasa, qisqa fursatda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytadi. Vaziyatdan foydalanib, u duoni haydash bahonasida xonadon bekasiga tegishli, umumiy qiymati 15 000 000 so‘m bo‘lgan ikki dona tilla uzukni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.

Keyinchalik ushbu uzuklarni o‘z tanishlariga sotib yuborgan va qo‘lga kiritilgan pullarni shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida sarflab yuborgan. Ushbu holat bo‘yicha olib borilgan surishtiruv ishlari davomida uning firibgarlik yo‘li bilan harakat qilgani aniqlangan.

Sud tomonidan mazkur jinoyatni sodir etgan 33 yoshli ayol aybdor deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Huquq-tartibot idoralari fuqarolarni bunday holatlarga aldanib qolmaslikka, begona shaxslarga ishonch bildirmaslikka chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qarshi tumanida tilanchi ayol 15 million so‘mlik uzuklarni qo‘lga kiritdi