Yangi BYD avtomobili treylerdan yo‘l chetiga tushib qoldi

Toshkentdan kelayotgan avtomobil tashuvchi treylerdan yangi BYD avtomobili yo‘l chetiga tushib ketgan holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Hodisa Chinor tarozi hududi yaqinida sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil treylerdan sirg‘alib tushib qolganini yuk mashinasi haydovchisi bir muddat sezmagan va harakatni davom ettirgan. Keyinchalik atrofdagilar uni to‘xtatishga uringan.
Voqea oqibatida avtomobilga yetgan zarar miqdori hozircha aniq emas. Shuningdek, hodisa yuzasidan rasmiy idoralar tomonidan ham hozircha izoh berilmagan.
Mazkur holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing