Toshkentda yashash narxi: 4 kishilik oila budjeti 23 million so‘mmi?

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida 4 kishilik oilaning qulay va barqaror yashashi uchun o‘rtacha oyiga 23,5 million so‘m atrofida mablag‘ kerak bo‘lishi mumkin. Bu raqam ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Hisoblarga ko‘ra, bir kishining oylik asosiy xarajatlari o‘rtacha 6,5 million so‘mni tashkil etadi. Bu xarajatlarga uy-joy, oziq-ovqat, transport va kundalik ehtiyojlar kiradi.
Taqqoslash uchun, oddiy restoranda tushlik qilish o‘rtacha 70 ming so‘m, ikki kishilik kechki ovqat esa taxminan 400 ming so‘mga tushishi aytilmoqda. Uy interneti uchun esa oyiga o‘rtacha 150 ming so‘m sarflanadi.
Ushbu raqamlar real hayotdagi xarajatlar bilan qanchalik mosligi borasida foydalanuvchilar orasida turli fikrlar bildirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!