07:13 / 26.04.2017
6 561

Samarqandda qo‘lda benzin sotilishining davom etishi odamlar hayotiga xavf solmoqda

Samarqandda qo‘lda benzin sotilishining davom etishi odamlar hayotiga xavf solmoqda
O‘tgan chorshanba kuni, 19 aprelda Samarqanddagi Navoiy prospektida benzin solingan baklajkalar ortilgan mashina yonib ketdi. Xayriyatki, yong‘in qurbonlarsiz kechdi, biroq bu qo‘lda benzin sotuvchilarga saboq bo‘lmadi.

"Samarkandskiy vestnik" nashri muxbirining yozishicha, yong‘in sodir bo‘lgan kunning ertasiga Navoiy ko‘chasida benzin noqonuniy sotilayotgan 15 ta nuqta qayd qilingan, ulardan biri bir kun avval yong‘in sodir bo‘lgan joydan 10 metr nariroqda bo‘lgan. Yaqin orada joylashgan AYoQSh benzin yo‘qligi sababli huvillab yotibdi, biroq uning yon atrofida benzin olibsotarlari bu hududlarda taqchil bo‘lgan benzinni 3400-3500 so‘mdn pullash bilan bandlar.

"Nima qilish kerak, mashina o‘zimniki, yangi, gaz qurilmasini hali o‘rnatmadim, qo‘lda sotiladigan benzin sifati yomonligini bilsam ham, uni xarid qilishimga to‘g‘ri kelmoqda", deb aytmoqda haydovchilardan biri.

"Afsuski, bizning viloyatda benzin haqiqatan ham etishmaydi. Viloyatning benzinga ehtiyoji 150-200 tonnani tashkil qilsa, "O‘zneftmahsulot" kompaniyasi neft bazasi bizga 80 tonnaga yaqin benzin bermoqda. Biroq, siqilgan va suyultirilgan gaz bilan bunday taqchillik yo‘q", deb aytdi "O‘zdavneftgaznazorat"ning Samarqand bo‘limi bosh texnologi Ikrom Maxsumov.

Maxsumov "Olibsotarlar benzinni qayerdan oladilar?" degan savolga kanistrada va plastmassa idishlarda benzin sotilishining 100 ta holatidan 99 tasida u Toshkentdan keltirilishini aytdi. Biroq avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi aholiga tegishli lisenziyalarga ega AYoQShlar orqaligina sotiladi.

AYoQShdan tashqarida benzin sotilishi holatida noqonuniy mahsulotning butun partiyasi musodara qilinishi, uni sotish bilan shug‘ullangan kimsa javobgarlikka tortilishi kerak. Biroq ko‘rinishicha, amalda qat’iy qonun chetlab o‘tilmoqda. Nazorat qiluvchi idoralarning beparvoligi va loqaydligi sababli noqonuniy benzin sotuvchilarning uylari va mashinalari yonishda davom etmoqda va fuqarolarning hayoti xavf ostiga qo‘yilmoqda. Shunday fojialardan biriga guvoh bo‘lganlardan birining so‘zlab berishicha, u qizi bilan maktabdan qaytayotganda sal qolsa halok bo‘lay degan. "Bizni Tangrining o‘zi asradi! Men Tangriga bizni saqlab qolgani uchun shukronalar aytaman. Men qizim bilan maktabdan qaytayotib, Navoiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar yonidan o‘tayotganimizda piyodalar yo‘lkasida benzin solingan baklashkalar bilan liq to‘la "Jiguli" turgandi. Mashina ichida yosh yigitlar o‘tirgandi. Biz mashinadan 15 qadam o‘tganimizdan keyin kuchli portlash ovozini eshitdim. Ortimga qaraganimda, mashina portlab ketganini ko‘rdim", deb eslamoqda voqeani ayol.

Umid qilamizki, mas’ul idoralar o‘z vazifalarini sidqidildan bajarib, bunday holatlarga barham berish uchun astoydil bel bog‘laydilar. Zeroki, benzin olibsotarlari ko‘zlariga puldan bo‘lak narsa ko‘rinmay, nafaqat o‘zlarining, balki yon-atrofdagi odamlarning hayotlarini ham xavf ostiga qo‘ymoqdalar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda qo‘lda benzin sotilishining davom etishi odamlar hayotiga xavf solmoqda