10:44 / 27.04.2017
8 345

Onlayn sinovda uch viloyat o‘qituvchilari past ko‘rsatkichni qayd etdi

Onlayn sinovda uch viloyat o‘qituvchilari past ko‘rsatkichni qayd etdi
Kecha, 26 aprel kuni Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil birinchi choragidagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmatiga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.

Yig‘ilishda vazirlik hay’ati a’zolari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari, davlat pedagogika hamda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari rektorlari ishtirok etdi.

Majlisni Xalq ta’limi vaziri, hay’at raisi Ulug‘bek Inoyatov olib bordi.

Tadbirda 2017 yilning o‘tgan davrida tizimda bajarilgan ishlar, “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

Tadbirda tizimdagi islohotlarning natijalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017–2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Qayd etilishicha, virtual qabulxona orqali Xalq ta’limi vazirligiga jami 3,5 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.

Bundan tashqari, joriy yilda ilk marotaba umumta’lim maktablaridagi 104 ming nafar o‘qituvchining kasbiy salohiyati va mahorati onlayn tarzda o‘rganildi. Sinovda ishtirok etgan o‘qituvchilarning bilimi viloyatlar kesimida tahlil qilinganda Surxondaryoda, Sirdaryoda, Qashqadaryoda viloyatlarida nisbatan past ko‘rsatkich qayd etilgan. Yig‘ilishda mas’ul mutasaddilarga ta’lim sifatini oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Onlayn sinovda uch viloyat o‘qituvchilari past ko‘rsatkichni qayd etdi