Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida davlat soliq xizmati organlarining “Ishonch telefon”lariga 3758 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Axborot xizmatiga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.
Ushbu murojaatlarning aksariyatida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida savdo qoidalarining buzilgani hamda to‘lovlarni bank plastik kartochkalari orqali amalga oshirishda hisob-kitob terminal apparatlari ishlatilmayotgani, xarid cheki bermaslik holatlari qayd etilgan.
Xususan, mazkur murojaatlar asosida 2017 yilning o‘tgan davri mobaynida birgina Toshkent viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslarida jami 230 dan ortiq nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlar natijasida 79 ta holatda nazorat-kassa mashinasidan foydalanmaslik, 75 ta holatda savdo va xizmat ko‘rsatishdan tushgan naqd pul tushumini bank kassalariga topshirmaslik, 33 ta holatda to‘lov terminallari o‘rnatmaganlik va 2 ta holatda to‘lovlarni bank plastik kartochkalari orqali amalga oshirishda tovar narxiga nisbatan ustama haq qo‘yish singari qoidabuzilishlar aniqlangan.
Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasining Buxoro viloyat bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat markazidagi “Karvon” savdo kompleksi, “Markaziy” va “To‘qimachi” dehqon bozorlari hamda “Sitora” avtomobil bozorlarida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida 100 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarida tashkil etilgan qisqa muddatli nazorat tadbirlarida nazorat kassa mashinasidan xarid cheki bermaslik, 40 dan ortiq holatda to‘lov terminali o‘rnatmaslik, 100 ga yaqin holatda naqd pul tushumlarini yashirish orqali ularni bankka topshirmaslik hamda to‘lovlarni to‘lov terminali orqali qabul qilishda qo‘shimcha ustama qo‘yish va to‘lovni plastik karta orqali qabul qilishdan bosh tortish singari qonunchilik talablari qo‘pol tarzda buzilgani aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi