AQShlik tadqiqotchilar guruhi energetik ichimliklar tarkibida kofein moddasi bo‘lgan boshqa ichimliklardan ko‘p marotaba xavfli ekanini aniqladilar. Bu haqda Amerika kardiologiya uyushmasi xabar berdi deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Mutaxassislar energetik ichimliklar yurakdagi QT intervali (yurakning elektrik sistolasi)ni o‘rtacha 2 soatda 10 millisoniyaga oshiradi, degan xulosaga keldilar.
“Agar millisoniyalarda o‘lchanadigan ushbu vaqt oralig‘i haddan tashqari uzun yoki kalta bo‘lsa, yurak urushida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Bu esa o‘z navbatida hayot uchun xavfli bo‘lgan aritmiyaga olib kelishi mumkin”, deb ta’kidladi olimlar.
Tadqiqot mualliflari ko‘ngillilar guruhini kuzatishlari natijasida shunday xulosaga keldilar va energetik ichimliklarni ichishda ehtiyot bo‘lish kerakligi haqida ogohlantirdilar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”