
Xitoyda qarindoshlarining o‘rniga odam yollab, to‘y qilgan kuyov qo‘lga olindi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
To‘yga kelgan kelinning qarindoshlari kuyovni hech kim tanimayotganligidan shubhalanishdi, to‘yda kuyovning ota-onasi ishtirok etmagach, gumon battar kuchaydi. Keyinchalik mehmonlarning hammasi pulga yollangan taksichilar, talabalar ekanligi ma’lum bo‘ldi. Kuyov nima uchun hammani aldagani hozircha noma’lum.
Kelinning aytishicha, ular uch yildan beri tanish bo‘lib, kuyovning nimaga bunday qilganini tushunmagan. Xitoy OAVlarining yozishicha, kelinning ota-onasi kuyovning qarindoshlarini kambag‘allikda ayblagan. Shuning uchun u shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar