Kuchli shamol va yog‘ingarchilik vaqtida ehtiyotkorlikka chaqirildi

Kuchli shamol va yog‘ingarchilik vaqtida ehtiyotkorlikka chaqirildi

Toshkent shahrida ob-havo sharoiti yomonlashgani, kuchli shamol va mo‘l yog‘ingarchilik kuzatilayotgani ma’lum qilindi.

Shu sabab elektr uzatish tarmoqlari uzilishi, daraxtlar qulashi va chang-to‘zonli holatlar yuzaga kelishi xavfi bor.

Shahardagi barcha mas’ul xizmatlar to‘liq shay holatga keltirilgan.

Fuqarolardan avtomobillarni daraxtlar, reklama konstruksiyalari va mustahkam o‘rnatilmagan inshootlar yaqinida qoldirmaslik so‘raldi.

Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlari va xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan hududlar yaqinida yurmaslik tavsiya etildi.

Favqulodda holatlarda 112 yagona raqami, 1055 dispetcherlik xizmati yoki (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 raqamlariga murojaat qilish mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar