Xorazmda xonadoniga «kannabis» ekib, parvarishlagan fuqaro ushlandi

Xorazm viloyatining Xiva tumanida o‘z xonadonida giyohvandlik vositasini saqlab kelgan va «kannabis» o‘simligini yetishtirgan fuqaro aniqlandi.
Viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.
Tadbir davomida 1971 yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilgan. Uning uyida qariyb 27 gramm «marixuana» giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgani aniqlangan.
Shuningdek, xonadon hovlisi tekshirilganda, u yerda balandligi 2 metr bo‘lgan bir tup «kannabis» giyohvandlik o‘simligi ekilib, parvarishlanayotgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.































Izohlar 0
…