Toshkent ko‘chasida otlar poygasi o‘tkazildi

Toshkent shahrining Navoiy ko‘chasida bir guruh chavandozlar avtomobillar qatnovi davom etayotgan yo‘lda ot minib harakatlangani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Holat internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Kadrlarda chavandozlar avtomobillar bilan bir qatorda yuqori tezlikda harakatlanayotgani, otlarning taqalari asfaltga urilishi oqibatida esa uchqunlar sochilgani ko‘rinadi. Bu holat yo‘l harakati xavfsizligi va hayvonlarga nisbatan munosabat yuzasidan turli savollarni keltirib chiqardi.
Otlar asosan yumshoq tuproq yoki maxsus tayyorlangan maydonlarda chopishga moslashgan. Asfalt qoplamasida yuqori tezlikda harakatlanish esa ularning oyoq bo‘g‘imlari, paylari va tuyoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.






























Izohlar 0
…