O‘qishga kiritishni va’da qilgan fuqaro pul olayotganda qo‘lga tushdi

O‘qishga kiritishni va’da qilgan fuqaro pul olayotganda qo‘lga tushdi

Toshkentda oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritishni va’da qilib, 5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi.

Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Mirabod tumani Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi pul mablag‘ini olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u fuqaroga muayyan haq evaziga oliygohga o‘qishga kirishda yordam berishini aytgan. Xizmat haqi sifatida 5 ming AQSH dollari so‘ralgan.

Hozirda mazkur holatning barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar