Enn Xeteuey libosni teskari kiyib, barchani hayratda qoldirdi

Enn Xeteuey libosni teskari kiyib, barchani hayratda qoldirdi

Enn Xeteueydagi samimiylik, tabiiy tabassum va har qanday vaziyatni xotirjamlik bilan qabul qila olishi doim e’tiborni tortadi. Hatto suratga olish maydonchasida yiqilib qolsa ham, u kulimsirab o‘rnidan turadi va yo‘lida davom etadi. Ana shu ijobiy energiya uni millionlab muxlislar qalbiga yaqin qilgan bo‘lsa kerak.

Bugun esa uning yangi filmi emas, uslubi haqida gaplashamiz.

«Odyssey» filmining press-turi doirasida Nyu-Yorkda Anne Ashlyn brendining Spring/Summer 2026 kolleksiyasiga mansub yorqin qizil libosda ko‘rinish berdi. Biroq muxlislar e’tiborini nafaqat libosning o‘zi, balki uning qanday kiyilgani ham tortdi.

Gap shundaki, podiumda ushbu modelning old qismi ancha yopiq, ochiq kesimi esa orqa tomonda namoyish etilgan edi. Enn esa libosni teskari kiyishni tanladi. Natijada obraz butunlay boshqacha tus oldi — old tomondagi dadil kesim uning homiladorligini nafis tarzda urg‘uladi, hashamatli Bulgari marjoni esa butun obrazning asosiy bezagiga aylandi.

Qizil ko‘ylak kiygan ikki ayolning yonma-yon kollaji.

Bu stilistlarning marjonni yanada yorqinroq namoyish etish uchun o‘ylangan qarorimi yoki shunchaki kichik xatomi — aniq emas. Ammo bir narsa ayon: Enn Xeteuey bu obrazni o‘ziga xos ishonch va nafislik bilan taqdim etdi.

Qiziq tomoni, aktrisaning o‘zi ham bu holatni jiddiy qabul qilmadi. Keyinchalik u vaziyatga tabassum bilan munosabat bildirib, qisqagina: “I did it” (“Ha, buni men qildim”), deya izoh berdi. Ba’zan eng esda qolarli moda lahzalari aynan shunday kutilmagan qarorlardan boshlanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar