Yunusobodda 8 iyul kuni gaz vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent shahri Yunusobod tumani 10-mavzesidagi yuqori bosimli gaz taqsimlash punktida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan 8 iyul kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha tumanning qator hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Gazsiz qoladigan hududlar:
• Yunusobod 2–19-dahalaridagi ko‘p qavatli uylar
• «Anorzor», «Shahriston», «Kulolqo‘rg‘on», «Yo‘lariqa», «Turkiston», «Bobodehqon», «Oqtepa», «Obod», «Posira», «Otchopar 1» va «Otchopar 2» mahallalaridagi ko‘p qavatli uylar hamda yerli xonadonlar
• Registon, Mirzaahmedova, Moyqo‘rg‘on, Binkat va Bog‘ishamol ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylar hamda yerli xonadonlar
Shuningdek, 8 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi, tumandagi yirik iste’molchilar, kichik va o‘rta biznes korxonalarida ham gaz ta’minoti cheklanadi.
Quyidagi hududlarda esa gaz bosimi pasayishi mumkin:
• «Yunusobod»
• «Posira»
• «Xiyobontepa»
• «Bodomzor»
• «Shivli»
• «Firdavsiy»
• «Yangitarnov»
• «M. Ulug‘bek»
• «Buyuk Turon»
• «Bo‘zsuv»
• «Iftixor»
• «Jomiy»
• «To‘raqo‘rg‘on»
• «Yangiariq»
• «Usta Shirin» mahallalari
Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz ta’minoti qayta tiklanadi.































Izohlar 0
…