Namanganda 27 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs aniqlandi

Namanganda 27 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs aniqlandi

Namangan viloyatida voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy ravishda diniy ta’lim berib kelgan shaxs faoliyatiga chek qo‘yildi. Holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Yangi Namangan tumanida yashovchi fuqaro 2026 yil iyun oyidan boshlab o‘z xonadonida 27 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy saboq berib kelgan.

Aniqlanishicha, u mashg‘ulotlar uchun har bir o‘quvchidan oyiga 100 AQSH dollari miqdorida to‘lov olgan. Ta’kidlanishicha, diniy ta’lim amaldagi qonunchilikda belgilangan tartib va tegishli ruxsatnomalarsiz tashkil etilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolarni diniy ta’limni faqat qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalarida olishga chaqirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar