Ajrashmang ! Oilaga darz ketgach, mulk ham ikkiga bo‘linishi mumkin ...

Ajrashmang ! Oilaga darz ketgach, mulk ham ikkiga bo‘linishi mumkin ...

Oila parchalanganda eng og‘ir masalalardan biri — yillar davomida birga qurilgan mulkning taqdiridir. Ko‘pincha ana shunday bahslar uzoq tortishuvlarga sabab bo‘ladi. Ammo qonun har ikki tomonning huquqini himoya qiladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 2026 yil 5 iyundagi qaroriga asosan Qo‘shtepa tumanida joylashgan uyning yer maydoni sobiq er-xotin — qarzdor X. M. va undiruvchi M.M. o‘rtasida teng ikki qismga ajratildi.

Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan sud qarori amalda ta’minlanib, yer maydoni taraflarga qonun talablariga muvofiq taqsimlab berildi. Shuningdek, qarzdor X. M. dan 2 million 60 ming so‘m ijro yig‘imi undirildi.

Shu tariqa ijro hujjati to‘liq bajarilib, tomonlarning qonuniy huquqlari ta’minlandi.

Adolat — faqat sud qarori bilan emas, uning to‘liq ijro etilishi bilan ham qaror topadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar