Qarshi–Buxoro yo‘lida Nexia portladi: qurbon va jarohatlanganlar bor

Qashqadaryo viloyatida Nexia-2 avtomobiliga o‘rnatilgan metan gaz balloni portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi, yana ikki kishi jarohat oldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi ma’lum qildi.
Hodisa 8 iyul kuni soat 07:32 da Muborak tumani «Quruvchilar» mahallasi hududidan o‘tgan A-380 «Qarshi–Buxoro» avtomobil yo‘lining 128-kilometrida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Qarshi shahridan Buxoro viloyati tomon harakatlanayotgan Nexia-2 rusumli avtomobilni Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan J.J. boshqarib borayotgan bo‘lgan. Yo‘lda avtomobilga o‘rnatilgan metan gaz balloni yorilgan.
Portlash oqibatida mashinada bo‘lgan bir nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Yana ikki kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan Muborak tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
FVB xabariga ko‘ra, hodisa natijasida yong‘in kelib chiqmagan.
Ayni vaqtda mazkur holat bo‘yicha Muborak tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.































Izohlar 0
…