Qarshida Nexia-2 gaz balloni portladi: bir kishi halok bo‘ldi

Qarshida Nexia-2 gaz balloni portladi: bir kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri yaqinida Nexia-2 avtomobilidagi metan gaz balloni portlashi oqibatida bir nafar inson hayotdan ko‘z yumdi, yana ikki kishi turli darajada jarohat oldi.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 8 iyul kuni soat 07:32 atrofida Muborak tumani hududidan o‘tgan A-380 Qarshi–Buxoro avtomobil yo‘lining 128-kilometrida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 54 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia-2 Buxoro tomon harakatlanayotgan vaqtda avtomobilga o‘rnatilgan metan gaz balloni kutilmaganda portlagan. Oqibatda salonda bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi voqea joyining o‘zida vafot etgan. Yana ikki kishi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga qaramay, avtomobilda yong‘in yuzaga kelmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda esa kuchli zarba ta’sirida gaz balloni avtomobildan o‘nlab metr uzoqlikka uchib ketgani va mashinaga jiddiy shikast yetganini ko‘rish mumkin.

Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar