date

Dunyodagi eng semiz odam zotiljamdan vafot etdi

Dunyodagi eng semiz odam zotiljamdan vafot etdi

Vazni 420 kilogrammga teng britaniyalik Kit Martin 45 yoshida zotiljamdan vafot etdi. Bu odam o‘z vaqtida rasman sayyoramizdagi eng semiz kishi deb tan olingan edi. Martin jarrohlik yo‘li bilan oshqozonining to‘rtdan uch qismini oldirgandan so‘ng, sakkiz oy qiynalib yashab, oxiri vafot etdi.
Marhumning vafotidan ko‘p o‘tmay, uni operasiya qilgan jarroh hukumatga ariza yozib, fastfudga soliq solishni so‘ragan. Jarrohning aytishicha, beg‘am Martin uyda o‘tirib, gamburger, chips, ponchik va boshqa zararli taomlarni eb, ortiqcha vazn to‘plagan, Bu haqda «Vesti.ru»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Martin nonushtada oltita qovurilgan tuxum, tushlikda pissa, Xitoy oshxonasi taomlari, shashlik va big-maklar erdi. Har kuni olti pinta qahva va ikki litr gazli ichimlik ichardi. Orada doim shokolad, pechene va boshqa shirinliklarni eb yurgan.
«U hissiy muammolari tufayli ovqatdan taskin izlagan va juda tez fastfudga o‘rganib qolgan. Hatto kit ham 1 kunda buncha kaloriya qabul qilmaydi», — deydi doktor Kesava Mannur.

Martinning vafotidan biroz oldinroq, britan televideniesi u haqida «70 Stone & Almost Dead» («420 kilogramm va deyarli o‘lgan») deb nomlangan hujjatli filmni suratga olgandi.

foto: Kun
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Dunyodagi eng semiz odam zotiljamdan vafot etdi