6 336
«Mosgortrans» O‘zbekistonda haydovchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov o‘tkazilayotganini rad etdi
«Mosgortrans» Rossiya poytaxt Moskva shahri avtojamlanmalarida ishlash uchun O‘zbekistonda haydovchilar o‘rtasida tanlov o‘tkazilayotganini rad etdi, deb ma’lum qiladi Kun.uz.
15 may, dushanba kuni O‘zbekiston mehnat vazirligi o‘zining «Facebook»dagi sahifasida Rossiya poytaxtida avtobus haydovchilari uchun 1000 ta bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov o‘tkazilayotganini e’lon qilgan edi. (Bu e’lon yuzasidan Kun saytida ham xabar berilgan edi).
«Mosgortrans» davlat unitar korxonasi O‘zbekistonda haydovchilar tanlovi o‘tkazishga aloqador emasligi ma’lum qilgan, deb yozadi RIA novosti. Bugungi kunda kompaniya haydovchilarining 50 foizi Moskva megapolisi vakillari bo‘lsa, yana 40 foizi Rossiya Federasiyasi sub’ektlaridan kelishgan», — degan dushanba kuni RIA Novosti nashriga «Mosgortrans» matbuot xizmati.
Kompaniya matbuot xizmatining qayd etishicha, korxonada moskvalik hamda Rossiya hududlaridan kelgan haydovchilarning soni tobora ortmoqda, shu sababli so‘nggi uch yil ichida xorijlik haydovchilarning ulushi 23 foizdan 10 foizgacha kamaygan.
Matbuot xizmatidagilarning eslatishicha, Moskvadagi barcha er usti transport vositalarining haydovchilari «Mosgortrans» o‘quv-kursantlik kombinati bazasida o‘qishadi va tayyorgarlikdan o‘tishadi. 2017 yilning 1 iyulidan boshlab esa Rossiya hududida yo‘lovchilar tashish bilan faqat RF namunasidagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslargina shug‘ullanishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»