Tez yordamga kelgan g‘alati chaqiriq barchani hayratga soldi

Tez tibbiy yordam xodimlaridan biri tungi navbatchilik vaqtida yuz bergan noodatiy voqea haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, tungi soat 01:00 lar atrofida psixiatriya brigadasiga kutilmagan mazmundagi chaqiriq kelib tushgan.
Qo‘ng‘iroq qilgan ayolning aytishicha, uning 12 yoshli farzandi dori ichishni rad etgan. Shundan so‘ng u shifokorlardan uyiga kelib, bolani "Dorini ichmasang, qo‘l-oyog‘ingni bog‘lab olib ketamiz", deya qo‘rqitib ketishni so‘ragan. Biroq tez tibbiy yordam xodimlari bunday vazifa ularning faoliyatiga kirmasligini ta’kidlagan.
Mazkur voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilar o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik bunday asossiz chaqiriqlar shifokorlarning qimmatli vaqtini olishi va haqiqatan ham shoshilinch yordamga muhtoj bemorlarga kechikishga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Izohlarda eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan fikrlardan birida esa tez tibbiy yordam xizmatini asossiz chaqirgan fuqarolarga nisbatan jarima yoki boshqa javobgarlik choralarini joriy etish kerakligi qayd etilgan.






























Izohlar 0
…