Otaxon «Marry me» bilan sevgilisini hayratda qoldirdi

Otaxon «Marry me» bilan sevgilisini hayratda qoldirdi

O‘zbekistonda bir otaxon sevgan insoniga ko‘l bo‘yida romantik tarzda turmush qurish taklifini bildirib, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Shamlar, nafis bezatilgan arka va iliq muhitda tashkil etilgan ushbu lahzalar muhabbatning yosh bilan emas, qalb bilan bog‘liq ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Tarqalgan videoda otaxon sevgilisiga uzuk taqdim etib, unga turmush qurish taklifini bildirayotgani aks etgan. Eng quvonarlisi, ayol ushbu taklifga «Ha!» deb javob berib, yig‘ilganlar tomonidan qarsaklar bilan qutlangan.

Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda iliq qarshi olindi. Izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar juftlikka baxt va uzoq umr tilab, chin muhabbat yosh tanlamasligi haqidagi fikrlarini bildirishmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar