
Avval xabar berilganidek rossiyalik aralash jang san’ati ustasi Habib Nurmagomedov va uning do‘stlari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. Tabiiyki, o‘zbekistonliklar mehmonni iliq qarshi olishdi, deb yozadi Kun.uz nashri. Sportchilar ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etildi.
YouTube tarmog‘ida Habib Nurmagomedov va uning do‘stlari o‘zbekistonlik sportsevar kishilar tomonidan hissiyotlarga boy tarzda kutib olingani, mehmonlar tashrif buyurgan joylardan lavhalar aks etgan videorolik paydo bo‘ldi. Sportchilar bozorga, tamaddixonaga va sport maskanlariga tashrif buyurishgan. Tasvirlardan O‘zbekistonda Habib Nurmagomedovning muxlislari ko‘pligiga guvoh bo‘lish mumkin.
Eslatib o‘tamiz: 28 yoshli Nurmagomedov hozircha mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda, uning hisobida 24 ta g‘alaba bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar