Blogerga sovg‘a qilingan 5 ming dollarlik guldan yasalgan ot shov-shuvga aylandi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda gul kompozitsiyasidan yasalgan ulkan ot aks etgan video keng tarqalmoqda. Aytilishicha, ushbu gul kompozitsiyasining qiymati qariyb 5 ming dollarni tashkil etadi.
Ma’lum bo‘lishicha, noodatiy sovg‘a bloger Gulchehra Xodjayevnaga taqdim etilgan. Bloger ushbu videoni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylab, uning ostida:
“Mehribon, saxiy, sirli inson... Qalbimga quvonch, yuzimga samimiy tabassum bag‘ishlaganingiz uchun cheksiz minnatdorman”, — deya minnatdorlik izhor qilgan.
Video qisqa fursatda minglab tomoshalarni yig‘ib, izohlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar bunday sovg‘ani did va saxovat namunasi sifatida baholab, havas qilgan bo‘lsa, boshqalar esa buncha mablag‘ni gul kompozitsiyasiga sarflashni ortiqcha dabdaba va isrofgarchilik deya tanqid qilmoqda.
Mazkur video hanuzgacha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalishda davom etmoqda va foydalanuvchilar o‘rtasida turli fikr-mulohazalarni uyg‘otmoqda.






























Izohlar 0
…