2017 yil 19 may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «2017–2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati sayyohlik salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2980-sonli qaror qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
Qarorda Buxoro shahri va Buxoro viloyati sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirish, sayyohlarning madaniy merosimizning noyob ob’ektlari bilan keng tanishishlari uchun maksimal qulay sharoitlarni yaratish, mintaqada zamonaviy sayyohlik infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta’minlash, sayyohlik, mehmonxona va transport xizmatlarining zamonaviy talablarga muvofiq holda turlarini kengaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida bir talay chor-tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Xususan, qaror matnida O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki «Qadimiy Buxoro» sayyohlik hududi loyihasini moliyalashtirish sxemasini tashkillashtiruvchi vakolatli bank etib belgilangan bo‘lsa-da, shu jumladan kelib chiqыshi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik ishbilarmon Alisher Burxonovich Usmonovning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalari va xayriya mablag‘laridan ham foydalanish nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, Buxoro shahri brendini olg‘a siljitish va mashhur qilish yuzasidan keng reklama kampaniyasi o‘tkazish, xususan, «Ipak va ziravorlar», «Qovun sayli», «Shahar kuni», «Sharq taomlari», «Buxoro hunarmandlari» kabi festivallar tashkil etish, xorijiy sayyohlik tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun info-turlar tashkillashtirish, shuningdek, ommabop xorijiy telekanallarda va maxsus veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda shaharning tarixi va osori atiqalariga bag‘ishlangan ma’lumotlar joylashtirish orqali sayyohlik salohiyatini ilgari surish belgilab berilgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?