Qashqadaryolik juftlik 35 yil o‘tib nikohini rasmiylashtirdi

Qarshi shahrida yashovchi Ravshanov Abdirashid va Ahmedova Rahima 35 yil davomida birga hayot kechirib, 4 nafar farzandni voyaga yetkazdi. Oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ular nikohlarini qonuniy tartibda rasmiylashtirishni endigina amalga oshirdi.
Abdirashid aka va Rahima opa yillar davomida bir oila bo‘lib, hayotning quvonch va tashvishlarini birga yengib kelgan. Farzandlarini voyaga yetkazib, oilaviy hayotini davom ettirgan juftlik munosabatlarini rasman mustahkamlashga qaror qildi.
Ularning nikohini 35 yildan so‘ng rasmiylashtirgani o‘ziga xos va quvonchli voqea bo‘ldi. Ayniqsa, bu sana O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasiga to‘g‘ri kelgani tadbirga yanada ramziy mazmun bag‘ishladi.
Shu tariqa, 35 yil birga umr kechirgan juftlik hayotidagi muhim sahifani yana bir bor “ha” degan so‘z bilan boshladi.






























Izohlar 0
…