Moskvalik erkak o‘g‘rilarni cho‘chitish maqsadida mashinasiga “mina qo‘yilgan”, deb yozib qo‘ydi, deya xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Moskva shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi avtomobil egasining harakatlari qonuniyligini o‘rganmoqda.
IIV xabaridan: “Cheryomushki tumanidagi Novocheryomushkinskiy ko‘chasidagi uylardan birida yashovchi odamlar hovlida oynasiga “mashinaga mina qo‘yilgan” deb yozilgan, Mercedes-Benz rusumli avtomobil turganligini ma’lum qildi.
Voqea joyiga iti bilan etib kelgan kinolog, mashinani tekshirib, birorta xavfli buyum topmadi. Mashinaning egasi Moskvada yashovchi 51 yoshli erkak ekanligi aniqlandi. U avtomobilni yaqinda sotib olganini, hali signalizasiya qo‘yishga ulgurmaganligini, o‘g‘rilarni qo‘rqitish maqsadida mazkur yozuvni yozganligini ma’lum qildi. Ayni paytda mazkur fakt yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi