
Toshkent shahar Mirobod tuman IIBda bo‘lib o‘tgan P.F.Borovskiy qurboni Jasurbek Ibrohimov ishi bo‘yicha favqulodda yig‘ilishda OAV xodimlari ham ishtirok etdi.
"Qalampir.uz" sayti muxbirining: "Qotillikda gumonlanayotgan shaxs Islom To‘laganov bugun yig‘ilishga kelmabdi. Sababini bilmaymiz. Islomning qochib ketmasligi uchun choralar ko‘rilganmi?", degan savoliga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaev javob berdi:
"Islom To‘laganov bugungacha ham dastlabki tergov jarayonlarida ishtirok etgan. Uning qochib ketmasligi uchun chegara va aeroport hududlarida nazorat kuchaytirilgan, barcha choralar ko‘rilgan".
Eslatib o‘tamiz, Islom To‘laganovning onasi Zumrad Mambetova o‘g‘lining qilmishini umuman oqlab bo‘lmasligini, aytib, ertaga o‘zi uni olib kelishini aytgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar