14:42 / 10.06.2017
6 724

O‘zbekistonlik o‘qituvchilar ilk marta Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekistonlik o‘qituvchilar ilk marta Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi
Kecha, 9 iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat delegasiya Janubiy Koreyaning Jeju Milliy universitetiga tashrif buyurishdi.

Universitet professor-o‘qituvchilarini Jeju Milliy universiteti vise-prezidenti, professor Doo Cheul Kim kutib oldi va uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv chog‘ida ikki universitet imkoniyatlari xususida gapirildi. Professor-o‘qituvchilar, talabalar almashish, ilmiy sohada hamkorlik qilish, birgalikda o‘quv qo‘llanmalar yaratish ustida ish olib borish kabi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Bugun, 10 iyun kuni ikki oliy o‘quv yurtining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, ikki davlat universitetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari bir necha oy oldin boshlangan. Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Alisher Matyakubov, fakultet o‘qituvchisi Beruniy Alimov, janubiy koreyalik ko‘ngilli doktor Vontay Soul janoblari dastlab aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida ilk marta Koreyaga borishgan edi. Shundan so‘ng, bir guruh koreyalik olimlar Toshkentga tashrif buyurib, jurnalistika fakultetlarining qo‘shma konferensiyasi bo‘lib o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik o‘qituvchilar ilk marta Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi